Futbolda ofsayd qoidasi o‘zgarishi mumkin

Sport

image

2025 yilda futbolda ofsayd qoidasi o‘zgarishi mumkin. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Xalqaro futbol assotsiatsiyasi kengashi (IFAB) “Arsenal”ning sobiq ustozi, hozirda FIFA'ning futbolni rivojlantirish bo‘yicha rahbari Arsen Venger tomonidan taklif qilingan ushbu yangilik sinovdan o‘tkazilmoqda.

Yangi qoidalarga ko‘ra, o‘yindan tashqari holat qayd etilishi uchun hujum qilayotgan futbolchi himoyalanayotgan tomon a’zosidan to‘liq oldinda bo‘lishi, tanasining biror qismi bir chiziqda kesishgan bo‘lmasligi kerak.

Qayd etilishicha, mazkur qoida 2023 yil noyabr oyidan boshlab Shvetsiya va Italiyada bo‘lib o‘tadigan yoshlar turnirlarida sinov tariqasida qo‘llangan. IFAB 2025 yilning fevral oyigacha ma’lumot to‘plash va yangi qoidani tahlil qilish ishlarini yakunlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Futbol ofsayd

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing