Futbolda mish-mishlarga chidash kerak – Pochettino MYU haqidagi savollarga nuqta qo‘ydi
Sport
−
29 noyabr 2021
2897PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoani tark etishi va “Manchester Yunayted”ni boshqarishi haqidagi savollarga nuqta qo‘ydi.
“Futbolda mish-mishlarga chidash kerak. Bunday vaziyatlarda hamisha ijobiy va salbiy tomonlar bo‘ladi. Lekin rostini aytsam, menga ahamiyati yo‘q. Meni faqat faktlar qiziqtiradi. Biz juda qiziqarli loyihani ishlab chiqish ustida qattiq ishlayapmiz. Tabiiyki, “Manchester Siti”ga qarshi o‘yindan keyin muxlislarni qoniqtirib bo‘lmaydi, lekin biz g‘alabalarga erishish uchun harakat qilyapmiz”, deydi Pochettino.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 noyabr kuni PSJga egalik qiluvchi Qatar qirollik oilasi vakili Xalifa bin Hamad Al-Tani o‘zining Twitter’dagi sahifasida Zidan bilan kelishuvga erishilgani va tez orada klub bu haqda rasman e’lon qilishi haqida bayon qilgan edi.
Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” Pochettino uchun PSJga tovon puli to‘lashi kerak bo‘ladi.
LiveBarchasi