Futbolchilar “Yevro-2024”da mikrochip o‘rnatilgan to‘p tepadi

Sport

image

2024 yili bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionatida ilk bor "Adidas" kompaniyasining yuqori texnologiyali to‘pidan foydalaniladi. Bu haqda "The Times" xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘rnatilgan mikrochip yordamida gol bo‘lgan vaziyatda futbolchining qo‘li to‘pga tekkan yoki tegmaganligini aniqlash osonlashadi. 

Chip o‘ziga xos kuzatish texnologiyasi orqali real vaqt rejimida o‘yinchi tanasining uch o‘lchamli tasvirini yaratib, to‘p aynan qayerga urilganini aniqlash imkonini beradi.

Yuqori texnologiyali to‘p Yevropa Chempionlar ligasining 2024/25 yilgi mavsumida ham qo‘llaniladimi yoki yo‘qmi, bu aniq emas. Yana bir tomondan mikrochip o‘rnatilgan to‘plar oddiylariga nisbatan anchagina qimmatga tushishi ham aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Futbol Evro-2024 mikrochip

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing