Futbolchiga tegajog‘lik qilgan UEFA vitse-prezidenti iste’foga chiqdi 

Sport

image

Ispaniya futbol federatsiyasi (RFEF) rahbari va UEFA vitse-prezidenti Luis Rubiales iste’foga chiqdi. Bu haqda RFEF matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, federatsiya rahbari Luis Rubiales joriy yilning 20 avgust kuni Ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Jennifer Ermosoning labidan o‘pgani uchun o‘z xohishi bilan iste’foga chiqqan. Rubiales bu qarorini Ispaniya, Portugaliya va Marokashning 2030 yilgi Jahon chempionati mezbonligi uchun qo‘shma arizasiga zarar yetkazmaslik istagi bilan izohlagan. 

Qirollik futbol federatsiyasi Rubiales rahbarlik faoliyatidan iste’foga chiqish xatini kecha, 10 sentyabr kuni soat 21:30 da yuborganini tasdiqlagan. “U shuningdek, UEFA vitse-prezidenti lavozimini ham tark etdi”, deyiladi RFEF bayonotida.

Ma’lumot uchun, Rubiales 2018 yildan buyon RFEF prezidenti, 2019 yildan esa UEFA vitse-prezidenti bo‘lib ishlab kelayotgandi. Nizomga ko‘ra, endilikda tashkilot navbatdan tashqari prezidentlik saylovini tayinlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

FIFA UEFA RFEF Luis Rubiales

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing