FIFA Ispaniya futbol federatsiyasi rahbarini “shilqimligi” uchun diskvalifikatsiya qildi
Sport
−
27 avgust 2023
16325FIFA Ispaniya futbol federatsiyasi rahbari Luis Rubialesni 90 kunga diskvalifikatsiya qildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, federatsiyasi rahbari Luis Rubiales joriy yilning 20 avgust kuni Ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati finalida g‘alaba qozongan ispaniyalik futbolchilarni taqdirlash marosimida yarim himoyachi Jennifer Ermosoning labidan o‘pgan. Buning ortidan esa terma jamoa a’zolari va murabbiylar shtabi Rubialesning ustidan FIFA'ga shikoyat qilgan.
Futbolchilarning aytishicha, bu holat birinchi navbatda sportga bo‘lgan xurmatsizlik. Ikkinchidan jinsiy zo‘ravolikni ifodalovchi bunday harakatlar uchun qonuniy jazo berilishi kerak.
Biroq Rubiales mazkur holat o‘zaro kelishuv asosida sodir etilganini da’vo qilmoqda, Ermoso esp buning aksini aytmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, FIFA Tartib-intizom qo‘mitasi Ermosoni himoya qilish uchun ikkita buyruq chiqargan va Rubiales hamda federatsiya rahbariyatidan futbolchi va uning yaqinlari bilan shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali aloqa qilmaslikni so‘ragan.
“Rubialesga esa o‘zini qonuniy himoya qilish imkoni beriladi, FIFA organlari unga to‘liq ishonadi va shu yo‘l bilan adolat qaror topishiga umid qiladi. FIFA uning aybsizligi to‘liq isbotlanishi uchun himoyani boshlash imkoniyati berilganini tasdiqlaydi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Tartib-intizom qo‘mitasining bugun, 26 avgust kuni qabul qilgan qarori bilan Luis Rubiales 90 kunga diskvalifikatsiya qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Zambiya terma jamoasi bosh murabbiyi Bryus Mvape futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati doirasidagi Kosta-Rikaga qarshi kechgan so‘nggi o‘yinidan 2 kun avval futbolchilaridan birining ko‘kragiga tegingani va buning ortidan murabbiyga nisbatan sudda ish ochilgan edi.
LiveBarchasi