Futbolchi va muxlislar Shomurodovni yaxshi ko‘radi – Raneri
Sport
−
31 yanvar 6802 1 daqiqa
“Roma” bosh murabbiyi Klaudio Raneri Yevropa ligasi umumiy bosqichi 8-turi doirasidagi “Ayntraxt”ga (2:0) qarshi o‘yindan so‘ng hujumchi Eldor Shomurodov haqida gapirdi.
“Ayntraxt”ga qarshi bahsda Shomurodov zaxiradan maydonga tushganidan ikki daqiqa o‘tib gol urdi.
“Men unga biz bilan qolishini aytdim. Barcha yigitlar va muxlislar Shomurodovni yaxshi ko‘radi, chunki u biz xohlagan hamma narsani bera oladi. Men u bilan allaqachon “Kalyari”da ishlaganman, u doim tabassum qiladi, garchi ba’zida u meni g‘azablantirsa ham! Men unga agar ketsang, kim meni jahlimni chiqaradi?! deb aytdim”, deydi Raneri.
Ma’lumot uchun, “Roma” Yevropa ligasi umumiy turnir jadvalida 15-o‘rinni egalladi va endi jamoa turnir pley-off bosqichida ishtirok etadi. Bugun, 31 yanvar kuni musobaqaning pley-off bosqichiga qur’a tashlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiyaning boshqa bir klubi “Venetsiya” Shomurodovning ijarasi bo‘yicha kelishuvga erishgani xabar qilingandi.
Live
Barchasi