Futbolchi Luis Suares vafot etdi

Sport

image

Bugun, 9 iyul kuni ispaniyalik futbolchi Luis Suares Miramontes 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda Qirollik futbol federatsiyasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ispaniyada tug‘ilgan birinchi “Oltin to‘p” sohibi (1960) 1935 yilning 2 may kuni Ispaniyaning La-Korunya shahrida tug‘ilgan. U  “Barselona” tarkibida ikki marta Ispaniya chempioni (1959, 1960) va “Inter” bilan uch marta Italiya chempioni (1963, 1965, 1966) bo‘lgan. 1964 yilda Suares Ispaniya terma jamoasi bilan Yevropa chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. 

Ma’lumot uchun, futbolchi karerasini 1973 yilda Italiyaning “Sampdoriya" klubida yakunlab, murabbiylik ishiga o‘tgan. Klub darajasida esa Ispaniyaning “Inter", “Sampdoriya”, “SPAL”, “Komo”, “Deportivo La-Korunya” va “Albasete”ga boshchilik qilgan. 1980 yildan 1991 yilgacha Luis Suares Ispaniyaning yoshlar va asosiy terma jamoalari bilan ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Futbol Luis Suares

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing