Futbol va siyosat. “Qora shahzoda” turklarga haj ziyoratini taqiqladimi?
Olam
−
02 yanvar
25436Avvalroq, Saudiya Arabistonida o‘tishi kerak bo‘lgan Turkiya Superkubogi uchrashuv boshlanishiga 10 daqiqa qolganida bekor qilingandi. Saudiyaliklarning Mustafo Kamol Otaturk rasmi tushirilgan banner va futbolkalarning stadionga olib kirilishiga ruxsat bermagani har ikkala klub a’zolariga yoqmagan.
Shundan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlarda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonning turk fuqarolariga haj ziyoratini taqiqlagani haqidagi ma’lumotlar tarqala boshladi.
Turkiyada faoliyat yurituvchi dezinformatsiyaga qarshi aloqa markazi boshqarmasi bunga oydinlik kiritdi. Uning qayd etishicha, Turkiya fuqarolarining Haj ziyoratiga borishi taqiqlangani haqidagi da’volarga asos yo‘q.
“Har ikki davlat fuqarolarining Saudiya Arabistoniga haj ziyoratiga borishlariga to‘sqinlik qiladigan hech qanday rasmiy bayonot yoki qarori yo‘q”, deyiladi dezinformatsiyaga qarshi muloqot markazi rahbariyatining bayonotida.
Ma’lumot o‘rnida, 30 dekabr kuni Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan “Galatasaroy” va “Fenerbaxche” o‘rtasidagi mamlakat Superkubogi finalida jamoalarning Turkiya futbol federatsiyasi (TFF), klublar va Saudiya rasmiylari o‘rtasidagi soatlab muhokamalardan so‘ng, tomonlar murosaga kela olmay, o‘yin bekor qilingan edi.
Bunga Ar-Riyoddagi o‘yin oldidan Turkiya madhiyasining ijro etilishi va Mustafo Kamol Otaturkning “Uyda tinchlik, jahonda tinchlik” so‘zi yozilgan banner bilan jamoalarning maydonga chiqishi taqiqlangani sabab bo‘lgan.
Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an ham bu holatga o‘z munosabatini bildirib:
"Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, futbol siyosat quroli bo‘lmasligi kerak”, degan Turkiya rahbari.
LiveBarchasi