Fransiyada jazirama sabab halok bo‘lganlar 2 mingdan oshdi

Olam

image

Fransiyada joriy yilning 22-28 iyun kunlari kuzatilgan kuchli jazirama davrida mamlakat bo‘ylab 2 025 ta ortiqcha o‘lim qayd etildi. Bu avvalgi haftaga nisbatan qariyb 30 foizga ko‘p bo‘lib, Parijning o‘zida 62 foizga oshganini ko‘rsatmoqda. Bu haqda “France 24” nashri xabar berdi.

Fransiya Sog‘liqni saqlash vaziri Stefani Ristning aytishicha, keltirilgan raqamlar yakuniy emas va kelgusida yana oshishi mumkin.

“O‘tgan haftaga nisbatan 29,1 foizga o‘sish kuzatilib, bu qo‘shimcha 2025 ta o‘liim holatiga to‘g‘ri keladi. Bu nisbatan kamroq baholangan bo‘lishi mumkin”, deydi u.

Ayniqsa, Parij mintaqasida vaziyat og‘ir bo‘lgan. Ushbu hududda o‘limlar soni 62 foizga oshgan. Shunga o‘xshash holat Peyi-de-la-Luar mintaqasida ham kuzatilgan.

Kuchli jazirama ortidan ayrim siyosatchilar hukumatni iqlim o‘zgarishi oqibatlariga yetarli darajada tayyor emas deb aytmoqda. Xususan, “Yashillar” partiyasi Bosh vazir Sebasten Lekornyu hukumati faoliyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirish to‘g‘risida vakil taqdim etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, iyun oyida Fransiyada qariyb 11 kun davom etgan rekord darajadagi issiq kuzatilib, mamlakatning ko‘plab hududlarida havo harorati 40 darajadan oshgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyada rekord darajadagi issiq to‘lqini oqibatida qariyb 1000 ta o‘lim holati qayd etilgani haqida xabar berilgan edi.

Mumtozbegim Abdumo‘minova


Maqola muallifi

avatar

.

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing