Futbol tarixidagi eng yaxshi darvozabon kim? Buffon o‘z javobini aytdi

Sport

image

Faoliyatini yakunlagan italiyalik darvozabon Janluiji Buffon ispaniyalik Iker Kasilyasni futbol tarixidagi eng yaxshi darvozabon deb hisoblaydi. Bu haqda Jiji “Football Tweet”ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Meni barcha davrlarning eng yaxshi darvozaboni deydiganlarga rahmat aytaman, biroq futbol tarixidagi eng yaxshi posbon emasman. Men uchun barcha davrlarning eng yaxshi darvozaboni ispaniyalik Iker Kasilyas. U Yevropaning eng katta klubida ham, terma jamoada ham yirik natijalarga erishgan. Ikerning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, u boshqalardan ancha ustun”, deydi Buffon.

Bu borada Buffon 2-o‘ringa “Bavariya” va Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyerni qo‘ydi. Noyer ham klub miqiyosida yirik natijalarga erishgan va terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘lgan.

Futbol tarixidagi eng yaxshi darvobonlar ro‘yxatida Buffon o‘zini 3 yoki 4-o‘rinda ko‘rishini aytdi.

Ma’lumot uchun, Janluiji Buffon shu yilning 2 avgust kunida futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi. U 17 yil davomida “Yuventus” tarkibida 10 marta Italiya chempioni bo‘ldi va 5 marta Italiya kubogi, 6 marta Superkubokni qo‘lga kiritdi. Posbon 2006 yilda terma jamoa bilan Jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Iker Kasil'yas Janluiji Buffon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing