Mourinoning “Real”da ishlashini istamayman – Kasilyas

Sport

image

“Real Madrid”ning sobiq darvozaboni Iker Kasilyas Joze Mourinoning Madrid klubiga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi. Kasilyas portugaliyalik murabbiyga nisbatan shaxsiy adovati yo‘qligini, ammo uni “qirollik klubi” uchun uchun ideal murabbiy deb hisoblamasligini aniq aytdi. Bu haqda sobiq darvozabon o‘zining X tarmog‘ida yozib qoldirdi.

“Mourinoga hech qanday shikoyatim yo‘q. Men uni yuqori darajadagi mutaxassis deb bilaman. Ammo uning “Real Madrid”da ishlashini istamayman. Menimcha, hayotimdagi eng muhim klubni boshqarish uchun boshqa murabbiylar ko‘proq mos keladi”, deb yozdi Kasilyas.

Sobiq darvozabon bu faqat uning shaxsiy fikri ekanini ham alohida ta’kidlagan.

Mourino “Real Madrid”ni 2010–2013 yillar oralig‘ida ham boshqargan. Portugaliyalik murabbiy qo‘l ostida madridliklar La Liga, Ispaniya Qirollik kubogi va Ispaniya Superkubogida g‘olib bo‘lgan. Biroq uning klubdagi faoliyati ichki mojarolar, jumladan, Kasilyas bilan yuzaga kelgan ziddiyatlar bilan ham yodda qolgan.

Xabarlarga ko‘ra, madridliklar yozda murabbiylik lavozimini Mourinoga topshirish bo‘yicha kelishuvga yaqin turibdi. Shuningdek, portugaliyalik mutaxassis transfer siyosatiga ta’sir o‘tkazish va intizomiy masalalarda to‘liq vakolat talab qilayotgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino joriy mavsum yakunlanganidan so‘ng “Real Madrid” bosh murabbiyigini qabul qilib olishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Iker Kasil'yas Joze Mourin'o “Real Madrid”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing