Futbol olamida transfer mavsumi: Varan va Keyn Manchesterda qo‘nim topmoqchi 

Sport

image

Yevro-2020 musobaqasi yakuniga yetgach, bir qator olamshumul tarnsferlar amalga oshishi kutilgan edi, biroq yakuniga yetayotgan hafta davomida bunday voqelik kuzatilmadi. Asosan “ijarachi” futbolchilar o‘z jamoalarini o‘zgartirdi. Kutilayotgan xaridlar orasida Rafael Varan hamda Xarri Keyn nomlari ham bor.

“Manchester Yunayted” Rafael Varan bilan shartnoma imzoladi. “Real Madrid” futbolchisining transfer summasi 50 million yevroni tashkil etdi. Varan ingliz klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Endi APL yangi mavsumida MYUni chempionlikka asosiy da’vogar sifatida ko‘rish mumkin bo‘ladi. (Goal)

Monchu Rodriges “Barselona”dan “Granada”ga yo‘l oldi. “Ko‘k-anorranglilar”ga tegishli bo‘lgan futbolchi o‘tgan mavsumni “Jirona” safida ijarada o‘tkazgan edi. Yarim himoyachi tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va yangi jamoasi bilan tez orada shartnoma imzolaydi. (Goal)

“Sassuolo” Manuel Lokatelli uchun “Yuventus” taklif qilgan 30 million yevrolik dastlabki shartnomani rad etdi. Jamoa kattaroq summa talab qilmoqda. “Arsenal” vaziyatdan foydalanib qolishi mumkin. (Goal)

“Tottenxem” Ugo Loris o‘rniga yangi darvozabon topdi. Jamoa “Atalanta” posboni Perluiji Gollini bilan ijara shartnomasi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. (Sky sports)

“Manchester Citi” sobiq futbolchisi Lukas Nmecha esa “Volfsburg” bilan shartnoma imzoladi. U “shaharliklar”ning ijara futbolchisi hisoblanadi va asosiy jamoada atigi 3 ta o‘yinda maydonga tushgan. (Goal)

“Arsenal” “Brayton” himoyachisi Ben Uaytni tahminan 60 million yevro evaziga sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Manbaga ko‘ra, 23 yoshli himoyachi joriy yilning, 26 iyul kuni ta’tildan qaytgach, tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak. (Sky sports)

“Inter” “Manchester Yunayted” futbolchisi Aleks Tellesni ijaraga olmoqchi. Telles 2015-16 yillarda ham “neradzurrilar” safida ijara asosida o‘ynagan. Shuningdek, Italiyaning amaldagi chempioni o‘ng qanot himoyasi uchun “Kalyari” futbolchisi Naytan Nandez variantini ham ko‘rib chiqmoqda. (Janluka Di Marsio)

“Manchester Siti” “Tottenxem” futbolchisi Xarri Keynni jamoaga olib kelishni juda istamoqda va bu uchun ayyorona usulni qo‘llamoqchi. Angliya terma jamoasi futbolchilari Keynni rozi qilishda klubga yordam berishi mumkin. Biroq “shporlar”ning yangi bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu asosiy futbolchisini klubda olib qolmoqchi. “Siti”ning millionlari katta sahnaga chiqadigan vaqt keldi. (The Telegraph)

Yevro-2020 musobaqasining kashfiyot futbolchilari ham grand jamoalar safida ko‘rinish berishi mumkin. Aksariyat futbolchilar ta’tilda bo‘lgani bois yirik summali transferlar hali amalga oshirilmadi.


Maqola muallifi

Teglar

APL Manchester Siti Manchester Yunayted Xarri Keyn La liga Transfer Rafael' Varan

Baholaganlar

71

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing