“Futbol qiroli” Ronalduni tabrikladi

Sport

image

“Futbol qiroli” Pele o‘zinining Instagram sahifasida Krishtianu Ronalduni FIFA’ning maxsus sovrinini qo‘lga kiritgani bilan tabrikladi.

“Krishtianu, seni FIFA’ning maxsus mukofoti bilan tabriklayman. Sen bilan ko‘rishish va bag‘rimga bosishni orziqib kutaman. Bu xabarni quvonch bilan yozyapman. Yaqinda ko‘rishamiz”, deya yozgan Pele.

O‘z navbatida Krishtianu ham tabriklarga munosabat bildirdi va Peleni avlodlar uchun afsona, deya ta’kidladi:

“Pele gapirsa, uni hamma tinglaydi. Bunday ajoyib inson menga hurmat ko‘rsatsa va hayratini bildirsa, his-tuyg‘ularni yashirib bo‘lmaydi. U – badiy qahramon, barcha avlodlar uchun afsona, haqiqiy sport afsonasi. Rahmat, Pele! Umid qilamanki, tez orada bir-birimizni ko‘ramiz va sevimli o‘yinimiz haqida gaplashamiz”. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 dekabr kuni Krishtianu Ronaldu terma jamoalar tarixida barcha davrlarning eng yaxshi to‘purari sifatida FIFA tomonidan maxsus sovrin bilan taqdirlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Pele FIFA

Baholaganlar

78

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing