Futbol bo‘yicha DXX kubogi aprel oyidan start oladi (video)
Sport
−
28 mart
1570Futbol bo‘yicha an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan Davlat xavfsizlik xizmati kubogining ilk bosqichi aprel oyidan start oladi. Bu haqda O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 16 yoshdan – 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogida ishtirok etishi mumkin.
Mazkur turnir quyidagi 3 ta bosqichda o‘tkaziladi.
1 – bosqich. Tuman/shahar saralash musobaqalari: aprel-may oylarida;
2 – bosqich. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bo‘yicha saralash musobaqalari: iyun-iyul oylarida;
3 – bosqich. Respublika final bosqichi musobaqalari: avgust oyida bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi