Fukusima aholisi o‘z hukumatini sudga berdi

Olam

image

Yaponiyaning Fukusima va Miyagi hududlarida istiqomat qiluvchi salkam 150 ga yaqin yaponiyaliklar “Fukusima 1” atom elektr stansiyasidan tozalangan radioaktiv suvning okeanga to‘kilishini to‘xtatish uchun sudga da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Bu haqda “Kyodo“ agentligi xabar berdi.

Ushbu da’vo arizasi Yaponiyaning markaziy hukumati va elektr stansiyalari operatorlari hisoblangan Tokyo Electric Power Company Holdings Inc ustidan berilgan. Da’vogarlarning ta’kidlashicha, joriy yilning avgust oyi oxirlarida boshlangan suvni to‘kish jarayonlari aholining hayot xavfsizligiga tahdid soladi va mahalliy baliqchilarning savdo-sotiq jarayonlariga to‘sqinlik qiladi.

Fuqarolar, shuningdek, radioaktivli suvni oqizib yuborish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishni va suvni okeanga to‘kishni ta’qiqlashni talab qilmoqda.

Qayd etilishicha, ushbu da’vo AES suvi masalasi yuzasidan aholi tomonidan bo‘layotgan birinchi da’vodir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya vayronaga aylangan Fukusima atom elektr stansiyasidan 1 million metr kubdan ortiq tozalangan radioaktiv suvni okeanga chiqarishni boshlaganligi haqda xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

sud hukumat Fukusima aholisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing