Fuqaroni 52 mln so‘mga “uxlatgan” shaxsga nisbatan jinoiy ish ochildi

Jamiyat

image

Arzon narxda shakar olishni niyat qilgan surxondaryolik fuqaro 52 mln so‘midan ajralib qoldi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 10 iyun kuni Termiz shahrida tadbirkor Sh.Z. shahar IIO FMBga ariza bilan murojaat qilgan. U Toshkent shahar, Uchtepa tumanida yashovchi A.X. 30 may kuni ijtimoiy tarmoqdagi “olx” mobil ilovasiga arzon narxlarda shakar mahsulotini sotishi haqida yolg‘on xabar joylashtirganligini va 30 may kuni ushbu e’lon bo‘yicha A.X. bilan gaplashib, 1 kg shakarni 5 200 so‘mdan sotib olishga kelishganligini bildirgan.

Qayd etilishicha, Sh.Z. shu kuni 10 tonna shakar mahsulotlari uchun “Click” dasturi orqali A.X.ning plastik kartasiga 52 000 000 so‘m pul mablag‘larini o‘tkazib bergan, lekin kelishilgan shakar mahsuloti yetkazib berilmasdan pullar o‘zlashtirib ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan 16 iyun kuni firibgarlik jinoyatini sodir etgan A.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat shakar

Baholaganlar

92

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing