Fuqaroligi bo‘lmagan 50 ming kishi O‘zbekiston pasportini oladi
Jamiyat
−
24 yanvar 2020
5566O‘zbekistonda yashayotgan, fuqaroligi bo‘lmagan deyarli 50 ming odam bu yil mamlakat pasportini oladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalariga yo‘llagan murojaati vaqtida aytib o‘tdi.
“O‘zbekistonga 1995 yilgacha kelgan va hozirgacha shu yerda yashayotgan shaxslar avtomatik tarzda O‘zbekiston fuqaroligini oladi”, deydi Prezident.
Davlat rahbari bu jarayon deyarli 50 ming kishiga tas’ir qiladi, deb aniqlik ham kiritdi.
Shavkat Mirziyoyev vakolatli tashkilotlarga tegishli qonun loyihaini 2020 yil 1 maygacha tayyorlashga topshiriq berdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 1995 yildan milliy pasportlar berish boshlangan.
LiveBarchasi