Fuqarolarini Haj ziyoratiga yubormaydigan davlatlar 10 taga yetdi

Olam

image

Koronavirus pandemiyasi tufayli bu yilgi Haj mavsumi yuzasidan Saudiya Arabistoni shu kunga qadar yakuniy qarorni e’lon qilmadi. Xabarlarga ko‘ra, ayni paytlarda vaziyat baholanayotgani va yakuniy qaror yaqinda qabul qilinishi kutilmoqda.

Biroq, 10 nafarga yaqin davlatlar Saudiya Arabistonidan keladigan xabarni kutib o‘tirmay, o‘z fuqarolari uchun bu yilgi Haj safarini bekor qildi. Eng yirik musulmon aholiga ega bo‘lgan Indoneziya aholisini Saudiyaga yubormasligi ma’lum bo‘lgandi. Endilikda Malayziya, Senegal, Nigeriya, Singapur, Hindiston hamda Yevropa va Janubiy-Sharqiy Osiyoning ba’zi mamlakatlari o‘z ziyoratchilarining hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida Haj–2020 mavsumini tashkil qilmaslik haqida qaror qabul qildilar.

Hukumatlar bunday qarorga kelishlarining asosiy omillari sifatida davlatlar o‘z fuqarolari sog‘lig‘i uchun mas’ul ekani, bugungi murakkab sharoitda ularning sog‘lig‘ini saqlash juda mushkulligi hamda Hajga boradiganlarning aksari keksalar bo‘lgani bois ular kasallikka chalinish ehtimoli juda yuqoriligi bilan izohlaganlar.

Ta’kidlash lozimki, Saudiya Arabistonida ayni vaqtdagi epidemiologik vaziyat murakkabligicha qolmoqda, shu jumladan koronavirusga chalingan bemorlar sonining ortib borayotgani, har kuni o‘rtacha 3800-4500 nafar kishida koronavirus aniqlanayotgani va 40-45 ta o‘lim holati qayd etilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Haj

Baholaganlar

324

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing