“Fuqarolarimiz manfaatlari himoya qilinadi”. O‘zbekiston elchixonasi Ukraina TIVga so‘rov yubordi

Jamiyat

image

Avvalroq Rossiya tomonidan qurilish ishlariga jalb qilingan o‘zbekistonliklarning pasportlari olib qo‘yilib, Ukrainadagi urushga “ko‘ngilli” sifatida safarbar qilingani haqida xabar bergan edik. Shundan so‘ng, Ukrainaning O‘zbekistondagi elchixonasi mamlakat fuqarolariga murojaat qilib, ularni Ukrainada davom etayotgan urushda qatnashmaslikka va uning Rossiya tomonidan vaqtincha bosib olingan hududlariga bormaslikka chaqirgandi. O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi ham holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston fuqarolari Rossiya qo‘shinlari safiga ko‘ngilli sifatida majburan safarbar etilayotgani to‘g‘risida chop etilgan ma’lumot yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi elchixonasi mazkur davlat Tashqi ishlar vazirligiga tegishli so‘rov yuborgan. Ushbu masala diplomatik vakolatxona tomonidan doimiy nazoratga olingani aytilgan. Shuningdek, yuqoridagi ma’lumot Ukraina tomonidan tasdiqlangan taqdirda, mamlakat fuqarolarining manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha kerakli barcha chora-tadbirlar ko‘rilishi ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, kecha amerikalik siyosatshunos Jeyson Jey Smart o‘zining Twitter'dagi sahifasida qurilish ishlari uchun jalb qilingan o‘zbekistonliklarning pasportlari olib qo‘yilgani va urushga “ko‘ngilli” sifatida yuborilganini yozgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston elchixona urush Ukraina TIV

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing