Fuqarolar davlat byudjetini nazorat qilishda ishtirok etadi

Jamiyat

image

“Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun kecha, 29 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan qonun hujjatlariga byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritildi. 

Xususan:

davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari loyihasi, ularning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarning auditi va baholash natijalari yuzasidan Hisob palatasining xulosalari majburiy ravishda e’lon qilinadi;

vazirlik va idoralar byudjet mablag‘laridan foydalanish, o‘tkazilgan tanlovlar va sotib olingan tovarlarni yetkazib berish to‘g‘risida axborotlarni o‘z rasmiy veb-saytlarida joylashtiradi;

mahalliy byudjetlarni ijrosi bo‘yicha hisobotning xalq deputatlari kengashlarida tasdiqlanish jarayoni OAVda yoritiladi;

davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari loyihalari, ularning ijrosi bo‘yicha hisobotlarni hamda kelgusi ikki yilga oid byudjet mo‘ljali Oliy Majlisga taqdim etilishidan oldin jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Davlat byudjeti

Baholaganlar

4

Reyting

4.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing