Frederik X rasman Daniya qiroli bo‘ldi (foto)
Olam
−
15 yanvar
3386Frederik X 52 yil hukmronlik qilgan onasi, qirolicha Margrete II taxtdan voz kechganidan keyin Daniya qiroli bo‘ldi. Bu haqda mamlakatning DR telekanali xabar berdi.
Kecha, 14 yanvar kuni qirollik Kristiansborg qasrida vazirlar yig‘ilishida 83 yoshli qirolicha Margrete II taxtdan voz kechgan.
Shunday qilib, uning 55 yoshli o‘g‘li Frederik X Daniya qiroli bo‘ldi. Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen qal’a balkonida yangi hukmdorni e’lon qilgan.
Telekanalning qayd etishicha, qirollikdagi hukmdorni almashtirish uchun bitta imzo yetarli.
Taxtdan voz kechish to‘g‘risidagi hujjatni imzolagan Margrete IIDavlat Kengashi a’zoligidan iste’foga chiqqan va raislik lavozimini yangi qirolga topshirgan.
O‘z navbatida valiahd shahzoda Kristian kengashga qo‘shilgan.
Eslatib o‘tamiz, Margrete II kutilmaganda 2023 yil 31 dekabrda o‘zining yangi yil murojaatida taxtdan voz kechishini e’lon qildi. Bu uning hukmronligidan 52 yil o‘tgach sodir bo‘ladi.
Uning ketishi bilan Daniya Qirollik uyi ko‘p avlodlar davomida amal qilib kelgan taxtda umrbod bo‘lish an’anasini buzdi.