Fransiyaliklar Alp tog‘larida Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilishiga qarshi
Sport
−
08 yanvar
2956Fransiyada 2030 yilgi Olimpiya o‘yinlarini Alp tog‘larida o‘tkazilishiga qarshi miting bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Le Parisien” gazetasi ma’lum qildi.
Fransiyaning Grenobl shahridagi namoyishda 60 ga yaqin fuqaro ishtirok etgan. Ular hukumat Olimpiada o‘yinlarini o‘tkazish va sun’iy qor yaratish uchun anchagina pul sarflashidan xavotirda.
"Bu yangi ekologik va moliyaviy inqirozga olib keladi", deydi namoyishchilardan biri.
Fransiyaliklar "Ekologik toza Olimpiada - bu cho‘pchak", "Hammasi iqtisodiy va ekologik halokat uchun", nomli plakatlar bilan ko‘chaga chiqqan. Ularning fikricha, bu mamlakat iqtisodiga jiddiy zarar yetkazadi.
“Gap 2030 yilgi qishki o‘yinlarni tashkil qilish uchun 1,5 milliard yevro sarflanishi haqida ketmoqda. Nega biz shifoxonalar va qishloq xo‘jaligiga sarmoya kiritishdan ko‘ra, atrof-muhitga zarar yetkazadigan tadbirlarni afzal ko‘ramiz?", degan yana bir namoyish ishtirokchisi.
Ba’zilar esa Alp tog‘larida transportni, xususan, temiryo‘lni rivojlantirish uchun barqaror o‘yinlarni o‘tkazishga chaqirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 31 yanvar kuni Parij aholisi bir oy ichida ikkinchi marta pensiya yoshini 2030 yilgacha 62 yoshdan 64 yoshgacha oshirishni nazarda tutuvchi islohotga qarshi namoyishga chiqqan edi.
LiveBarchasi