Fransiyadagi to‘qnashuvlar vaqtida 14 yoshli o‘smir halok bo‘ldi
Sport
−
15 dekabr 2022
4706Fransiya terma jamoasi JCH-2022 1/2 finali doirasidagi o‘yinda Marokash terma jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alaba evaziga Dide Desham shogirdlari Jahon chempionatining hal qiluvchi bahsiga yo‘l oldi.
O‘yin yakunlangan so‘ng, Monpeleda 14 yoshli bolakay muxlislar o‘rtasidagi mojaro tufayli vafot etgan. Bu haqda "RMC Sport" nashri xabar berdi.
Avvalroq, Monpeleda fransuzlar va etnik jihatdan marokashlik bo‘lgan kishilar o‘rtasida katta to‘qnashuvlar ro‘y bergani haqida xabar qilingandi.
Noma’lum shaxslar "Uchranglilar" muxlislari bo‘lgan mashinaga yaqinlashib, avtomobil derazasidan chiqib turgan milliy terma jamoa bayrog‘ini yirtib tashlashni boshlagan. Haydovchi to‘satdan harakatlanib, 14 yoshli bolani urib yuborgan va klinikaga olib borilgan bola o‘sha joyda vafot etgan.
JCH-2022 final uchrashuvida Fransiya va Argentina terma jamoalari bahs olib boradi. Uchrashuv 18 dekabr kuni Lusail shahridagi "Milliy" stadionda bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi