Fransiyadagi tarixiy ibodatxonaga o‘t ketishining taxminiy sababi ochiqlandi
Olam
−
18 iyul 2020
8392Fransiyaning Nant shahri prokuraturasi Avliyolar Pyotr va Pavel ibodatxonasi qasddan yoqib yuborilgani fakti bo‘yicha tekshiruv boshladi. Bu haqda “20 Minutes” nashri xabar berdi.
Nant prokurori Per Senaning so‘zlariga ko‘ra, hozirda yong‘inning kelib chiqishiga jinoiy harakat sabab bo‘lgan deb qaralmoqda. Bunday taxminga kelishga yong‘in uchta o‘choqdan tarqalgani sabab bo‘lgan.
Tergov “qasddan o‘t qo‘yish” fakti bo‘yicha surishtiruv boshlagan.
Fransiya Bosh vaziri Jan Kasteks Ichki ishlar va Madaniyat vazirliklari ilan birgalikda Nantga keladi.
Hozirda yong‘in alanga qurshab olingan, ammo to‘la bartaraf etilmagan. Voqea joyiga 100 dan ortiq o‘t o‘chiruvchi va 40 dan ortiq maxsus texnika jalb qilingan.
Avvalroq, 457 yil davomida (1434-1891 yy) qurilgan Avliyolar Pyotr va Pavel ibodatxonasi yonayotgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi