Fransiyada yangi Bosh vazir tayinlandi
Olam
−
05 Sentabr
4086Fransiya navbatdan tashqari parlament saylovlarining ikkinchi bosqichidan ikki oy o‘tib, Prezident Emmanuel Makron Mishel Barneni Fransiyaning yangi Bosh vaziri etib tayinladi. Bu haqda “France 24” xabar berdi.
Mishel Barnega mamlakat va xalq manfaati yo‘lida ishlaydigan yagona hukumat tuzish vazifasi yuklatildi. Bu tayinlov Fransiyada siyosiy birlashish va barqarorlikka qaratilgan muhim qadam sifatida qaralmoqda.
Barne ilgari Fransiyaning Yevropa integratsiyasi jarayonidagi asosiy shaxslardan biri bo‘lib, endilikda u davlat siyosatida muhim rol o‘ynaydi.
Hozirgi Milliy Assambleya uchta blokka bo‘lingan: chap qanot koalitsiyasi – NFP (eng ko‘p o‘rinlarni qo‘lga kiritgan, lekin mutlaq ko‘pchilikni tashkil eta olmadi), Makronning markazchi guruhi va o‘ta o‘ngdagi Milliy ralli.
Ma’lumot uchun, Barne konservativ, ikki marta Yevropa komissari va 2016 va 2021 yillarda Brexit bo‘yicha Yevropa Ittifoqining bosh muzokarachisi bo‘lgan. Barne 1958 yilda Beshinchi respublika tuzilganidan beri Fransiyaning eng keksa Bosh vaziri bo‘ladi. U mamlakat tarixidagi eng yosh bosh vazir, Prezident Makron 2024 yilning boshida birinchi marta bosh vazir etib tayinlagan va iyul oyidan beri vazir lavozimida qolayotgan Gabriel Attalning o‘rnini egallaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyada Yevroparlament saylovlarida markazchi lager mag‘lubiyatga uchragach, mamlakat Prezidenti Emmanuel Makron parlament quyi palatasini tarqatib yuborgandi.
LiveBarchasi