Fransiyada o‘qituvchini boshidan judo qilgan qotilning sherigi aniqlandi. U Markaziy Osiyodan
Olam
−
09 mart 2021
17771Fransiya maxsus xizmatlari mamlakatda o‘qituvchining boshini tanasidan judo qilgan terrorchining sherigi Tojikiston fuqarosi ekanini aniqladi. Bu haqda “Le Parisien” xabar berdi.
Faruk Shomi – “Hayat tahrir ash-shom” terrorchilik guruhining faol a’zosi qotilning sherigi bo‘lib chiqqan.
18 yoshli Abdulak Anzorov 2020 yil oktyabr oyida Konflan-Sent-Onorin kommunasida maktab o‘qituvchisining boshini tanasidan judo qilishidan biroz oldin aynan u bilan muloqot qilgan.
Politsiya Anzorovni o‘ldirishidan oldin u so‘nggi xabarni Instagram orqali yuborgan. Keyinroq aniqlanishicha, Instagram`dagi ikkinchi sahifa Faruk Shomiga tegishli ekani aniqlangan.
Erkak ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida o‘zini Suriyadagi qurolli guruhlarning faoliyatini yoritib boruvchi jurnalist deb ko‘rsatgan.
Biroq, fransuz nashrining ta’kidlanishicha, u yuqorida nomi qayd etilgan terrorchilik tashkilotining faol a’zosi bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, erkak Anzorov bilan diniy mavzuda suhbatlashgan, yigit esa unga Suriyaga borish niyatidaligini, keyinroq Fransiyada “jihod qilish” istagi haqida gapirgan.
AQSH Federal razvedka byurosi ma’lumotiga ko‘ra, Shami Suriyaning Idlib viloyatidan turib, yozishmalarni amalga oshirgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 16 oktyabr kuni Parij yaqinidagi Konflan-Sent-Onorin komunnasida tarix fani o‘qituvchisi vahshiylarcha o‘ldirildi. O‘qituvchi darsda o‘quvchilarga buyuk payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning "Charlie Hebdo" jurnalida chop etilgan karikaturasini ko‘rsatadi. Chechenistonda tug‘ilgan 18 yoshli Abdulak Anzorov o‘qituvchi Samyuel Patiga pichoq bilan hujum qilib, uni o‘ldiradi. Oradan ko‘p o‘tmay, politsiya qotilni otib tashlaydi. Ushbu voqea Makronning Islom olamiga qarshi bayonotlar bilan chiqishi va mamlakatda so‘z erkinligini qo‘llab-quvvatlashiga sabab bo‘ldi.