Fransiyada terrorizmga aloqadorlikda gumon qilingan 7 kishi hibsga olindi
Olam
−
28 aprel 2021
3286Fransiyaning ikki mintaqasida politsiya terrorchilar bilan aloqada bo‘lganlikda gumon qilingan yetti kishini hibsga oldi. Bu haqda sud axborot manbasiga asoslanib "Agence France-Presse" xabar bergan.
Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, hibsga olishlar Quyi Reyn va Pyui-de-Dom departamentlarida bo‘lib o‘tgan.
Hibsga olinganlar 28 yoshdan 48 yoshgacha bo‘lib, ularning olti nafari Rossiya, bir nafari Gruziya fuqarosi.
Xabarda aytilishicha, tez kunlarda Yelisey saroyida Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron boshchiligidagi Vazirlar Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda razvedka va antiterrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi yangi qonun loyihasi ko‘rib chiqiladi.
Avvalroq, Makron Parijning Rambuye hududida politsiyachining o‘ldirilishini “islomiy terrorizm”ning namoyishi sifatida baholagani haqida xabar bergandik.