Fransiyada pensiya islohotiga qarshi namoyishlarda 450 dan ortiq kishi hibsga olindi (fotogalereya)

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 23 mart kuni Fransiyada pensiya islohotiga qarshi norozilik namoyishlari chog‘ida 450 dan ortiq kishi hibsga olindi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vaziri Jerald Darmanin ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Fransiya bo‘ylab pensiya yoshini oshirishga qarshi to‘qqizinchi umummilliy ish tashlashlar fonida mamlakatda 240 ga yaqin norozilik namoyishlari tashkil etilgan.

Mamlakat Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ularda 1 milliondan ortiq kishi ishtirok etgan. 

Parijda aksiya tartibsizliklar bilan kechib, namoyishchilar va politsiya o‘rtasida bir necha to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tgan. Bunga javoban politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va shovqin granatalarini qo‘llagan.

“Butun Fransiya bo‘ylab 457 nafar shaxs hibsga olingan, 441 politsiyachi va jandarm jarohatlangan”, deydi Darmanin.

Eslatib o‘tamiz, pensiya yoshini 62 yoshdan 64 yoshga oshirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ortidan nafaqat Parij, balki butun Fransiyada joriy yilning yanvar oyidan buyon norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron esa mamlakatda pensiya yoshini oshirish zaruratini umr ko‘rish davomiyligi va pensionerlar soni oshishi bilan izohlagan. Shu bois hukumat ovoz berish yo‘lisiz yangi Qonunni qabul qildi. Bu esa deputatlar noroziligiga va xalqning qahriga sabab bo‘ldi.  Ayni paytda kasaba uyushmlari ham maqsadiga erishmaguncha, kurashishda davom etishini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya pensiya islohoti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing