Fransiyada nogironlar uyi yonib ketishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi (video) 

Olam

image

Kecha, 9 avgust kuni Fransiya sharqidagi Vinsenxaym shahrida nogironlar uyining yonib ketishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Fransiyaning Germaniya bilan chegarasi yaqinida joylashgan Vinsenxaym shahridagi nogironlar uchun muassasada yong‘in kelib chiqqan. Yong‘inni o‘chirish va jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun 76 nafar o‘t o‘chiruvchi, to‘rtta o‘t o‘chirish mashinasi, to‘rtta tez tibbiy yordam brigadasi va 40 nafar politsiyachi jalb qilingan. 

Yong‘in kelib chiqishiga nima sabab bo‘lgani hali aniqlanmagan, ammo dastlab binoning yog‘ochdan yasalgan eng yuqori qismi yongan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Yong‘in oqibatida yuqori qavatdagi 11 nafar imkoniyati cheklangan shaxs halok bo‘lgan, yana besh kishi qochib chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Binodan qochib chiqqanlardan bir nafari og‘ir kuyish tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Qurbonlarning 10 nafari muassasada davolanayotganlar (25 yoshdan 50 yoshgacha) va bir nafari ularga qarovchi xodim bo‘lgan. 

Hodisa joyiga Fransiya Bosh vaziri Elizabet Born ham yetib borgan. Hozirda yongan bino xavfsizlik talablariga javob bergan yoki yo‘qligi o‘rganilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiyaning Milan shahrida qariyalar uyi yonib ketishi oqibatida 90 ga yaqin odam jabrlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Frantsiya nogironlar uyi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing