Fransiyada murabbiy chaqmoq urishidan vafot etdi
Sport
−
24 may
4753Fransiya shimolida mahalliy jamoa mashg‘ulot o‘tayotgan futbol maydonida chaqmoq urishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda “La Voix du Nord” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, voqea Kurer kommunasida taxminan 20:00 da sodir bo‘lgan. Hodisa joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar 33 yoshli futbol murabbiyi vafot etganini tasdiqladi. Shifoxonaga yotqizilgan bemorlardan birining oyog‘i kuygan, ikkinchisi ko‘krak qafasidan jarohat olgan.
Hodisa vaqtida stadionda 33 kishi bo‘lgan. Mahalliy prefektura ma’lumotlariga ko‘ra, ular shok holatida, ammo ahvoli yaxshi. Qurbonlar soni noma’lum. Hozirda o‘t o‘chirish, qutqaruv xizmati xodimlari va politsiya voqea joyida ishlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Indoneziyada ham futbolchi chaqmoq urishidan halok bo‘lgandi.
LiveBarchasi