Indoneziyada futbolchi chaqmoq urishidan halok bo‘ldi (video)
Sport
−
12 fevral 2024 14924 1 daqiqa
Joriy yilning 10 fevral kuni Indoneziyaning “Persikas Subang” futbol klubi a’zosi o‘yin vaqtida chaqmoq urushidan vafot etdi. Bu haqda “Diario As” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, holat o‘rtoqlik o‘yinida sodir bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda, “Persikas Subang” jamoasining 30 yoshli futbolchisi kuchli chaqmoq urishidan keyin yiqilib tushganini ko‘rish mumkin. Voqea Bandung shahrida sodir bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, futbolchi zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgan, biroq jiddiy jarohat olgani sababli vafot etgan.
E’tiborlisi, Indoneziyada bunday holat birinchi marta bo‘lishi emas. 2022 yilning avgust oyida ham mamlakatda shunga o‘xshash holat kuzatilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025