Fransiyada 2 yil ichida 5-marta Bosh vazir o‘zgardi
Jamiyat
−
10 Sentabr 2486 2 daqiqa
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Fransiya Milliy Assambleyasi Fransua Bayru hukumatiga ishonchsizlik votumini qabul qilganidan bir kun o‘tib, mamlakat Mudofaa vaziri va uning ittifoqchisi Sebasten Lekornyuni Bosh vazir etib tayinladi. Parijdagi Yelisey saroyi kecha, 9 sentyabr kuni 39 yoshli siyosatchiga byudjet bo‘yicha konsensusga erishish uchun parlamentdagi partiyalar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish vazifasi yuklangan.
Shundan so‘ng, Lekornyu Prezidentga yangi Vazirlar Mahkamasini taklif qilishi kerak. Hukumatning yangi rahbari Milliy Assambleya tomonidan mamlakatning 2026 yilgi byudjetini tezda tasdiqlashi va avvalgi bosh vazir Bayruning iste’foga chiqishiga sabab bo‘lgan mojaroni hal qilishi kerak.
Shu tariqa, so‘nggi ikki yil ichida beshinchi marta yangi Bosh vazir tayinlashga majbur bo‘lgan Makron hukumatni shakllantirishni so‘l partiyalarga topshirishdan yana bosh tortdi. Muxolifat bu qarorni tanqid qildi. 2024 yil yanvarda Elizabet Born bosh vazir lavozimidan ketgach, hukumat rahbari bo‘lgan Gabriel Attal shu yili iyul oyida iste’foga chiqdi. 2024 yil sentyabr-dekabr oylarida Mishel Barne Fransiya bosh vaziri bo‘ldi. Dekabrda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron markazchi “Demokratik harakat” (MoDem) partiyasi yetakchisi Fransua Bayruni mamlakat Bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Mana endi uning iste’fosidan keyin yana yangi hukumat rahbari tayinlandi.
Xususan, “yashillar” yetakchisi Marin Tondele parlament saylovlarida faqat ikkinchi o‘rinni egallagan hukumat lageridan boshqa bosh vazirning tayinlanishini “provokatsiya” deb atadi.
Bir kun avval Fransiya parlamentining quyi palatasi to‘qqiz oylik vakolat muddatidan so‘ng bosh vazir Bayruni iste’foga chiqardi. Milliy assambleyaning favqulodda yig‘ilishida hukumatga ishonch masalasi bo‘yicha ovoz berishdan oldin Bayru yana bir bor o‘zining 2026 yilga mo‘ljallangan tejamkorlik rejasini qo‘llab-quvvatlashga urindi, bu esa xarajatlarni deyarli 44 milliard yevroga qisqartirishni nazarda tutadi.
Shundan so‘ng o‘ta o‘ngchi “Milliy birlik” yetakchisi Marin Le Pen Fransiya Prezidentini muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazishga chaqirdi.
Live
Barchasi