Fransiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar o‘zgardi

Sport

image

"Milan" hujumchisi Olive Jiru 4 dekabr kuni Terri Anrini ortda qoldirib, Fransiya tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.

Jiru jahon chempionatining 1/8 finalida Polshaga qarshi o‘yinda gol urdi. Shunday qilib, hujumchining Fransiya terma jamoasidagi gollari soni 52 taga yetdi va u bu ko‘rsatkich bo‘yicha terma jamoaning sobiq hujumchisi Terri Anridan o‘tib ketdi. JCH guruh bosqichi 1-turi doirasida Avstraliya termasiga qarshi o‘yinda (4:1) Jiru dubl qayd etgandi.

36 yoshli Jiru 2021 yil iyulidan beri "Milan"da to‘p suradi. Jamoa bilan birga futbolchi o‘tgan mavsumda Italiya chempioniga aylandi. Faoliyati davomida Jiru Fransiyaning "Grenobl", "Istres", "Tur" va "Monpele", shuningdek, Angliyaning "Chelsi" va "Arsenal" klublarida to‘p surgan va bu jamoalarda uch marta Angliya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan. Fransiyalik futbolchi "Chelsi"da o‘ynab, Yevropa Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi va Angliya kubogida g‘olib chiqdi. "Monpele"da hujumchi Fransiya chempioni bo‘lgan.

Terma jamoa bilan birgalikda Jiru Jahon chempionatida (2018) g‘olib chiqdi va Yevropa chempionatining kumush medali sohibiga aylandi (2016).


Maqola muallifi

Teglar

Fransiya JCH2022

Baholaganlar

168

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing