Fransiya Senati Qorabog‘ mustaqilligini tan olish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani ko‘rib chiqadi

Olam

image
Qorabog‘ bo‘yicha kelishuvdan voz kechish Armaniston uchun o‘z joniga qasd qilish bo‘lardi – Putin north_east

Qorabog‘ bo‘yicha kelishuvdan voz kechish Armaniston uchun o‘z joniga qasd qilish bo‘lardi – Putin

Fransiya parlamentining Senati Hukumatni Tog‘li Qorabog‘ mustaqilligini tan olishga chaqiruvchi rezolyutsiyani ko‘rib chiqadi. Bu haqda “Respublikachilar” partiyasining Senatdagi guruhi rahbar Byuno Retayo Twitter`dagi sahifasida ma’lum qildi.

“25 noyabr kuni Senat Fransiyaning Arsax Respublikasini tan olish to‘g‘risidagi rezolyutsiyasini ko‘rib chiqadi. Faqatgina uning mustaqilligi Tog‘li Qorabog‘ aholisining huquq va erkinliklarini turk islom ekspansiyasi qarshisida ishonchli kafolatlashi mumkin”, degan senator.

TASSning yozishicha, Fransiya Senatining rezolyutsiyasi tavsiyaviy xarakterga ega va ijro hokimiyati uni e’tiborga olishi mumkin, ammo bajarishga majbur emas.

Avvalroq, Rossiya Prezdenti Vladimir Putin hech kim, hatto Armaniston ham Tog‘li Qorabog‘ mustaqilligini tan olmaganini eslatib o‘tgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro huquq tomonidan qaraganda yaqinda yakunlangan harbiy mojaroda Ozarbayjon o‘z hududini qaytarib oldi. Putin bu vaziyatda Turkiyani ham ayblab bo‘lmasligini aytgan. Negaki rasmiy Baku harbiy harakatlarda o‘ziga ma’qul bo‘lgan va unga yordam bera oladigan ittifoqchini o‘zi tanlaydi.

Eslatib o‘tamiz, 27 sentyabrda Tog‘li Qorabog‘da vaziyat yomonlashgandi, bahsli hududda faol janglar boshlangandi. Baku va Yerevan 1988 yil fevralidan boshlab Ozarbayjon SSR tarkibidan chiqqanligini e’lon qilganidan beri mintaqaga egalik qilish masalasida bahslashmoqda. 1992-1994 yillardagi qurolli to‘qnashuv paytida Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘ va unga qo‘shni yetti viloyat ustidan nazoratni yo‘qotgandi. 

9 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarning to‘liq to‘xtatilishi to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzoladilar. Hujjat, xususan, Rossiyadan tinchlikparvar kuchlarni mintaqaga joylashtirishni nazarda tutadi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Tog'li Qorabog'

Baholaganlar

59

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing