Fransiya pensiya islohoti ma’qullandi, biroq...

Olam

image

Fransiya Bosh vaziri Elizabet Born parlamentdagi ovoz berishni chetlab o‘tib, pensiya tizimini o‘zgartirish bo‘yicha hukumat taklif qilgan qonun loyihasi qabul qilinganini ma’lum qildi. Bu haqda u bugun, 16 mart kuni Milliy Assambleya (parlament quyi palatasi) deputatlari oldida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

“Biz parlament qo‘mitalari o‘rtasida kelishuvga erisha olmaymiz. Shuningdek, pensiya tizimining kelajagiga ham pul tika olmaymiz, shuning uchun bu islohot zarur. Konstitutsiyamizning 49-moddasi 3-bandiga muvofiq, mening hukumatim Milliy Assambleyaga taqdim etilgan muvofiqlashtiruvchi qo‘mita tomonidan kiritilgan tuzatishlar bilan 2023 yilgacha ijtimoiy ta’minotni moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi”, degan Fransiya Bosh vaziri.

Mazkur holat og‘ir vaziyatni yanada chigallashtirdi. Fransiya Kommunistik partiyasi rahbari Faben Russel pensiya islohoti majburiy qabul qilinganidan keyin hukumatga ishonchsizlik votumini qo‘llashga tayyorligini ma’lum qildi. “Milliy birlashma” partiyasi yetakchisi Le Pen ham hukumatga ishonchsizlik votumini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. 

Eslatib o‘tamiz, pensiya yoshini 62 yoshdan 64 yoshga oshirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ortidan nafaqat Parij, balki butun Fransiyada 8 marta norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgandi. Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron esa mamlakatda pensiya yoshini oshirish zaruratini umr ko‘rish davomiyligi va pensionerlar soni oshishi bilan izohlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Makron pensiya islohoti Elizabet Born

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing