Fransiya oyiga 20 milliard yevrogacha zarar ko‘rishi mumkin

Olam

image

Fransiyada koronavirus sabab joriy qilingan o‘z-o‘zini izolyatsiyalash tartibi davlatga 15 milliarddan 20 milliard yevrogacha zarar keltirishi mumkin. Fransiya Iqtisodiyot vaziri Bruno Le Mer shu sababli karantin me’yorlarini yumshatish kerakligini taklif qilgan. 

"Iloji boricha tezroq o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish tartibidan chiqishimiz kerak. Agar bu tartibni virus faol tarzda tarqalayotgan hududlarning o‘ziga nisbatan qo‘llasak, oylik zarar 5 milliardni tashkil qilishi mumkin. Aks holda, Fransiya miqyosida bu tartibning amalda bo‘lishi iqtisodiyot sektoriga oyiga 15-20 milliard yevroga tushishi mumkin", degan Le Mer.

Vazir shu haftada joriy qilingan komendantlik soatining o‘zi davlat iqtisodiyotiga bir milliard yevroga aylanishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan.

Ma’lumot uchun, Fransiya poytaxti Parij shahri joylashgan Il-de-Frans mintaqasi va yana 7 ta shaharda 17 oktyabr yarim tunda komendantlik soati joriy qilinadi. Komendantlik soat 21:00 dan 6:00 gacha amal qiladi va to‘rt hafta davom etadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Fransiyada koronavirusga chalinganlar 835 mingdan oshgan. 33 mingdan ko‘p kishi vafot etgan. 

Dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni 39 milliondan oshib ketgan. 1,1 milliondan ziyod odam virus qurboni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus frantsiya

Baholaganlar

61

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing