Fransiya nazoratni yo‘qotib qo‘ydi
Olam
−
27 Oktabr 2020 25023 1 daqiqa
Fransiya Hukumati mamlakatda koronavirus tarqalishini nazorat qila olmayapti. Bu haqda Parijdagi Pite-Salpetriyer shifoxonasi shifokori Erik Koms ma’lum qilgan.
Mutaxassis mamlakatda lokdaun joriy etish zarurligini ta’kidlagan.
"Biz bir necha hafta oldin epidemiya ustidan nazoratni yo‘qotdik", deya qo‘shimcha qilgan u.
Fransiya Hukumati huzuridagi Ilmiy kengash Raisi, immunolog Jan-Fransua Delfrassi ham mamlakatda juda qiyin, hatto tanqidiy vaziyat hukmronlik qilayotganini ta’kidlagan.
U mamlakatda kunlik koronavirus yuqtirishlar soni 50 mingdan oshishi mumkinligini aytgan. Koronavirusni alomatsiz boshidan o‘tkazayotganlar va test topshirmaganlar ham inobatga olinsa, kunlik ko‘rsatkich 100 mingga ham yetishini ma’lum qilgan.
Avvalroq, Fransiyada koronavirus sabab joriy qilingan o‘z-o‘zini izolyatsiyalash tartibi davlatga 15 milliarddan 20 milliard yevrogacha zarar keltirishi mumkinligi haqida xabar bergandik.
Ma’lumot uchun, Fransiyada koronavirus yuqtirganlar soni 1 milliondan oshgan. 35 ming 18 kishi vafot etgan.
Dunyoda koronavirusga chalinganlar 43 milliondan oshgan. 1 milliondan ko‘p kishi virus qurboni bo‘lgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr