Fransiya men tufayli Yevro-2020 chorak finaliga chiqa olmadi – Mbappe

Sport

image

PSJ va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Yevro-2020 musobaqasining nimchorak finalidan o‘rin olgan Shveysariyaga qarshi o‘yinda penaltini noaniq amalga oshirganidan keyingi holatini izohladi.

“O‘ylaymanki, penaltini muvaffaqqiyatsiz amalga oshirganimdan so‘ng, ko‘proq qo‘llab-quvvatlanishim mumkin edi. Lekin hech qachon buni so‘ramaganman. Chunki men tufayli Fransiya terma jamoasi mag‘lubiyatga uchradi va musobaqani tark etdi. Bir hihatga e’tibor qaratish kerakligini aytib o‘tmoqchiman: mag‘lubiyadan, avvalo, futbolchilarning hafsalasi pir bo‘ladi. Keyinchalik, yechinish xonasida jamoadoshlarim meni qo‘llab-quvvatlashdi”, deydi Mbappe.

Shuningdek, Mbappe Yevro-2020 musobaqasidan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar tomonidan xaqoratlangani to‘g‘risida aytib o‘tdi:

“Hayratga solgani shundaki, ijtimoiy tarmoqlarda odamlar meni maymun, deb atashdi. Menga qo‘llab-quvvatlash juda kerak edi, chunki men ham boshqalar kabi oldinga borishni xohlardim”.

Eslatib o‘tamiz, Yevro-2020 nimchorak finalida Shveysariya va Fransiya o‘zaro to‘qnash kelgan edi. O‘yin asosiy vaqti 3:3 hisobida yakuniga yetgan va g‘olib penaltilar seriyasida aniqlangan. Mbappe so‘nggi zarbadan unumli  foydalana olmagach, “xo‘rozlar” musobaqani tark etgandi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda 22 yoshli hujumchi Fransiya chempionatida 9 ta o‘yin o‘tkazgan va raqiblar darvozasiga 4 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya PSJ Mbappe Shveytsariya Real Madrid

Baholaganlar

21

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing