Fransiya elchisi Nigerdan bosh olib ketdi

Olam

image

Fransiyaning Niameydagi elchisi Silven Itte nihoyat Nigerni tark etdi. Bu haqda Fransiyaning RFI radiosi xabar berdi.

Nigerdagi harbiy ma’muriyat uning mamlakatni 48 soat ichida tark etishini talab qilib, ultimatum qo‘yganidan so‘ng, diplomat shunday qarorga kelgan. Elchi Itte bugun, 27 sentyabr kuni ertalab Niameydagi samolyotga chiqib, Chad poytaxti Njamenaga yo‘l olgan.

Njamenadan samolyotda Parijga qaytadigan Itte yaqin soatlarda Fransiyaga yetib borishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Nigerda joriy yilning 26 iyulida hokimiyat tepasiga kelgan harbiy ma’muriyat 25 avgust kuni Fransiya elchisi Ittaga mamlakatni tark etishi uchun 48 soat muhlat bergan, biroq diplomat bu talabni bajarishdan bosh tortgan.

Rasmiy Parij “harbiy xunta fransuz elchisining ketishini talab qilishga haqqi yo‘q” ekanini aytsa, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron 15 sentyabrda elchi Itte “garovga olingani” va elchixonaga oziq-ovqat yetkazib berilmayotganini bildirgan.

25 sentyabr kuni esa Makron Nigerdagi elchisi Fransiyaga qaytishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Emmanuel Makron Fransiya 2023 yil oxirigacha o‘z qo‘shinlarini Nigerdan olib chiqib ketishini ma’lum qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Emmanuel' Makron Niger

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing