Fransiya Armanistonga boshqalar sotib ololmaydigan harbiy texnikalarni bermoqchi

Olam

image

Rasmiy Parij Yerevanga boshqalar ololmaydigan harbiy texnikani beradi. Bu haqda Fransiyaning Armanistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olive Dekotini o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi. 

“Fransiyada hamma davlatlar xohlaydigan harbiy texnika bor. Fransiya esa ularni faqat Armanistonga yetkazib beradi”, degan Dekotini “Politico” nashrining “Fransiya uchuvchisiz harbiy radarlarga ega” nomli maqolasini ilova qilgancha.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 15 fevral kuni Armanistonning “Past” nashri Yerevan tomonidan Hindiston, Fransiya va boshqa davlatlardan sotib olingan qurol-yarog‘, o‘q-dorilar va jihozlar arman armiyasi standartlariga javob bermasligi va sifatsizligini yozib chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 fevral kuni Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan rafiqasi Anna Akopyan hamrohligida ikki kunlik amaliy tashrif bilan Fransiyaga borgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

harbiy texnika Armaniston Oliv'e Dekotin'i

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing