Frankfurtdan 168 nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga olib kelinadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan 2020 yil 8-10 may kunlari Seul va Dehli shaharlaridan 390 nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga olib kelindi.

Bundan tashqari, Dubay va Minsk shaharlaridan ham o‘zbekistonlik fuqarolar olib kelingan va vatanga qaytganlarning umumiy soni 800 nafardan oshgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 11 may kuni Frankfurt shahridan charter reys orqali yana 168 nafar O‘zbekiston fuqarosining kelishi kutilmoqda.

“Respublika maxsus komissiyasi tomonidan hamyurtlarimizni boshqa davlatlardan vatanga qaytarish uchun aviareyslar tashkil etish bo‘yicha ish olib borilmoqda”, deyiladi TIV xabarida.

O‘zbekiston fuqarolari qaytib kelgandan keyin Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qat’iy rioya qilgan holda 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dubay, Turkiya va Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 11 ming o‘zbekistonlik qaytarilishi haqida aytib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

215

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing