Fotoreportaj: Trampning AQSH rahbarligidagi faoliyatiga nazar
Olam
−
22 yanvar 2021
8443Joriy yilning 20 yanvarida AQSHning 46-Prezidenti Jozef Baydenning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi. Kelgusi to‘rt yil davomida Bayden AQSHni boshqaradi. Tramp esa Oq uyni tark etdi. Uning prezidentlik davri ko‘plab kulgili va g‘alati siyosiy voqealarga boy bo‘ldi. Quyida Trampning prezidentlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan, eng sara fotosuratlarni e’tiboringizga havola qilamiz.
2016 yilgi AQSH prezidentlik saylovlari uchun Respublikachilardan nomzodi qo‘yilgan Donald Tramp Floridadagi saylovoldi tashviqot jarayonida.
2016 yil 8 noyabr kuni milliarder Donald Tramp AQSH prezidentligi uchun bo‘lgan umumhalq saylovlarida g‘alaba qozondi. O‘sha yilning 20 dekabr kuni saylovchi kollegiyalarning yetarli ovoziga ega bo‘ldi va rasman AQSH Prezidentiga aylandi. Umimiy olganda Respublikachi Tramp raqibi Demokrat Hillari Klinton ustidan 304:169 hisobida g‘alaba qozondi.
2017 yil 20 yanvar. AQSHning 2016 yilda saylangan yangi 45-Prezidenti o‘zining inauguratsiya marosimida mamlakat birinchi honimi Melaniya Tramp bilan Frenk Sinatraning musiqasi ostida raqsga tushmoqda.
2017 yil 19 iyul. AQSH Prezidenti Donald Tramp Oq uyning sharqiy zalida bo‘lib o‘tgan “AQSHda ishlab chiqarilgan” nomli ko‘rgazmada qatnashmoqda.
2017 yil 21 avgust. 99 yil ichida birinchi marotaba AQSH aholisi mamlakat sharqiy sohilidan g‘arbiy sohiligacha bo‘lgan barcha shtatlarda kuzatilgan to‘liq quyosh tutilishiga guvoh bo‘ldi. Prezident Tramp esa himoya ko‘zoynaklarisiz quyosh tutilishini kuzatgani uchun ijtimoiy tarmoqlarda kulgiga qoldi.
2017 yil 12 noyabr. AQSH Prezidenti Donald Tramp Janubi-sharqiy Osiyo davlatlarining sammitida ishtirok etmoqda. Filippin poytaxti Manilada ish boshlagan sammit ushbu marosim bilan yodda qoldi.
2018 yil 15 may. Donald Tramp Kapitoliy tepaligida har yili o‘tkaziladigan Milliy tinchlikparvar ofitserlarni xotirlash marosimida nutq so‘zlamoqda. Trampning ortida turgan ayol esa xizmat vazifasini o‘tash vaqtida halok bo‘lgan ofitserning onasi.
2018 yil 12 iyul. Donald Tramp AQSH Prezidenti sifatida birinchi marta Buyuk Britaniyaga safar qildi. Safar chog‘ida Tramp Birlashgan Qirollik Bosh vaziri Tereza Mey bilan hukumatning shahar chetidagi qarorgohida jurnalistlar savoliga javob bermoqda.
“U ajoyib ayol aqlbovar qilmas ishlarni amalga oshirmoqda”, degan edi Tramp Tereza Meyni nazarda tutib.
2018 yil 13 iyul. Donald Tramp Buyuk Britaniya Qirolichasi Yelizaveta II bilan uchrashish uchun Bukingem saroyiga otlanmoqda.
2019 yil 14 yanvar. Tramp Oq uyda “Clemson Tigers” futbol jamoasi uchun ziyofat berdi. Oq uyga taklif qilingan ushbu jamoa universitetlar orasida o‘tkazilgan Amerika futboli bo‘yicha mamlakat g‘olibiga aylangan edi. Bu vaqtda AQSH hukumati ta’tilda bo‘lgani uchun ziyofatni Trampning o‘zi tashkillashtirgan. Dasturxonga burgerlar, qovurilgan jo‘ja, kartoshka fri va pitssa tortilgan edi.
2019 yil 5 fevral. Demokratlardan bo‘lgan siyosatchi Nensi Pelosi Trampning 2019 yilgi Kongressga qilgan murojaatida “qahramon”ga aylangan. 1,5 soat davom etgan Prezident Trampning nutqi endi yarmiga yetganda Nensi birdaniga ataylab qarsak chalib, uni bo‘lib qo‘yadi.
2019 25 may. Donald Tramp va mamlakat birinchi honimi Melaniya Tramp Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe va uning ayoli Akie bilan Tokioda o‘tgan yapon yakkakurashiga tashrif buyurgan.
2019 yil avgust. Fransiyaning Biarrits shahrida “katta yettilik” davlat rahbarlarining sammiti bo‘lib o‘tdi. Ushbu sammitda suratkashlar AQSH Prezidenti Donald Tramp va Germaniya kansleri Angela Merkel bo‘sasi aks etgan kadrni kamera ob’ektiviga muhrladi.
2019 yil 26 noyabr. Tramp shukronalik kunida 30 yildan beri davom etayotgan kurkani afv etish marosimini davom ettirdi. Bu safar Tramp odatdagidan farqli ravishda, bir emas ikkita kurkani qo‘yib yuborgan.
2020 yil 23 iyul. Prezident Tramp Vashingtonda faoliyat boshlagan Oliy beysbol ligasining ochilish marosimini nishonlamoqda.
2020 yil 15 dekabr. AQSH saylov kollegiyalari Dekmokratlardan Jozef Baydenning g‘alabasini rasman tasdiqlashdi. Tramp va uning jamoasi buni tan olishdan bosh tortdi.
LiveBarchasi