Fotofakt: Diyora Usmonova oilasi va turmush o‘rtog‘ini ma’lum qildi
Jamiyat
−
10 fevral 2019
87545Usmonovlar xonadonining sobiq kelini Diyora Usmonova turmushga chiqqani, o‘g‘il farzand ko‘rgani haqida bir necha bor xabar bergan edik.
Dunyoning badavlat kishilari ro‘yxatida turuvchi Alisher Usmonovning ukasi Bahodir Usmonovning kelini bo‘lgan Diyora Usmonova ko‘p yillardan buyon OAV diqqat markazida bo‘lib keladi.
Bahodir Usmonovning o‘g‘li Bobur Usmonov bilan turmush qurgan Diyora 2013 yil may oyida YTH sabab beva qolgan edi.
O‘z vaqtida Bobur Usmonov Alisher Usmonovning sevimli jiyani, qolaversa, yagona merosxo‘ri sifatida ko‘rilgan.
Diyora esa 2 yildan buyon Turkiyaning Istanbul shahrida istiqomat qilib keladi. Bizgacha yetib kelgan ma’lumotlarga qaraganda, u toshkentlik taniqli tadbirkor Botir Rahimov (Botir alyuminiy) bilan turmush qurgan.
Diyora Usmonova kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan suratida bu gaplar haqiqat ekanini isbotladi. Diyora joylagan suratda milloner Botir Rahimovni ham ko‘rish mumkin. Suratga esa "oila" deb izoh yozilgan, xolos.
QALAMPIR.UZ’ga oid ma’lumotlarga ko‘ra, Diyora Usmonova sobiq turmush o‘rtog‘ining oila a’zolari bilan munosabatlarni saqlab qolgan. Kuni kecha Boburning singlisi Ganya Usmonova va onasi Diyoraning Istanbul markazidagi uyida mehmon bo‘lishgan.
Ma’lumot o‘rnida, Diyoraning ilk turmushidan Maryam ismli qizi bor. Botir Rahimov bilan turmushidan o‘g‘il farzand ko‘rgan Diyora, chaqaloqqa Ikrom deb ism bergan.
Usmonova nafaqat Alisher Usmonov oilasining sobiq kelini, balki O‘zbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyevaning jiyani ham.
LiveBarchasi