Fotofakt: Atamboyevning jinoyatchilardek surati tarqaldi
Olam
−
09 avgust 2019
9771Avvalroq, Qirg‘iziston Respublikasining sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyev bugun, 9 avgust kuni joriy yilning 26 avgustigacha hibsga olingani haqida xabar bergan edik.
Ijtimoiy tarmoqlarda Almazbek Atamboyevning jinoiy ish doirasida tasvirga olingan surati tarqaldi.
Atamboyevning advokati ma’lum qilishicha, sobiq davlat rahbari mamlakat Jinoyat kodeksining "Korrupsiya" haqidagi 319-moddasini buzganlikda ayblanmoqda.
Yurist so‘zlariga ko‘ra, IIV sobiq prezidentni u QR Jinoyat kodeksining "Korrupsiya" haqidagi 319-moddasini buzganlikda ayblanayotgani haqida ogohlantirgan. Vazirlikning o‘zi bu borada sal kechroq izoh berishlarini ma’lum qilgan.
Qirg‘iziston parlamenti joriy yilning 20 iyun kuni sobiq iqtidor Atamboyevning daxlsizligini bekor qilish bo‘yicha qaror qabul qilib, uni mamlakat Bosh prokuraturasiga yuborgandi. Shundan so‘ng, sobiq Prezidentga nisbatan ta’qib keskin tus oldi.
Qirg‘iziston IIV matbuot xizmati ayni vaqtda Bishkekda 8 avgustdan 9 avgustga o‘tar kechasi sobiq Prezident Atamboyevning 40 nafar tarafdorlari qo‘lga olingani haqida bayonot bergan.
LiveBarchasi