Foto: Toshkent “o‘zini yakkalash rejimi”ga o‘tdi
Jamiyat
−
07 aprel 2020
18764O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qaroriga binoan, Toshkent va Nukus shahri hamda viloyat markazlarida joriy etilgan o‘zini yakkalash tartibi majburiy bo‘lib, bugundan boshlab Toshkentda majburiy tarzda o‘zini yakkalash tartibiga rioya qilinishini nazorat qiluvchi doimiy YPX postlari tashkil etildi.
Toshkent IIBBning ma’lum qilishicha, ular jami 61 ta postdan iborat bo‘lib, 42 ta postda PPX maxsus avtobuslari mavjuddir hamda qolgan postlar PPX deb nomlangan kabinalar bilan ta’minlangan.
Bundan tashqari, har bir avtotransport vositasi Kichik xalqa yo‘li bo‘ylab doimiy YPX postidan o‘tishi uchun karantin rejimiga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash maqsadida 75 ta ikkinchi darajali yo‘llar yopildi.
Ushbu postlarda Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi bilan birga Milliy gvardiya hamda Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilari ham birga xizmat olib borishmoqda.
Ma’lumot uchun, 30 mart soat 06:00 dan 20 aprel soat 00:01 ga qadar viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)larsiz avtomobil boshqarish taqiqlandi. 6 aprel soat 6:00 dan e’tiboran mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlanish karantin davrida vaqtincha cheklandi.
LiveBarchasi