Bekoboddagi bog‘chada 19 nafar bolaning zaharlanishi aybdorlari aniqlandi

Jamiyat

image

Avvalroq, Bekobod tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasida bolalarning ommaviy zaharlanishi yuz bergani haqida ma’lumot bergandik.

Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda Toshkent viloyati, Bekobod tumanidagi 15-sonli MTT tarbiyalanuvchilarida kuzatilgan o‘tkir diareya va gastroenteritning kelib chiqish sabablari batafsil o‘rganib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi qoshidagi Respublika DSENM xulosasiga ko‘ra, bolalarda kuzatilgan o‘tkir diareya va gastroenteritga taom tayyorlash texnologiyasining qo‘pol tarzda buzilishi, nomuvofiq taomnomahamda ovqatlanish bo‘limi va MTTning boshqa xodimlari (tarbiyachilar va tarbiyachi yordamchilar) tomonidan sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilmaganligi sabab bo‘lgan.

15-sonli MTT mudirasi Mohira Abdumalikovna Rahmatullayeva, oshpaz Shohida Abrorovna Qaxramonova va hamshira Mavluda Ergashevna Ergasheva lavozim majburiyatlarini bajarmaganligi va loqayd hatti–harakati natijasi oqibatida bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazilganligi sababli, egallab turgan lavozimlaridan ozod etildilar.

27 sentyabrdan 6 oktyabrgacha MTT faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilgan. Tashkilotda umumiy tozalash, dezinfeksiya tadbirlari va MTTdagi sanitariya-texnika vositalarini ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. Xodimlarga sanitariya normalari va qoidalari bo‘yicha 3 kunlik o‘qish tashkil etilgan.

MTT 7-oktyabrdan boshlab ishga tushdi va tarbiyalanuvchilarni yana qabul qila boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

zaharlanish MTT Bekobod

Baholaganlar

64

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing