Foto-radar 300 yil avval vafot etgan knyazga jarima yozdi

Olam

image

Dog‘istonda foto-radar qariyb 300 yil avval vafot etgan odamni jarimaga tortdi. Bu haqda “Kavkaz news” sayti xabar berdi.

Gap shundaki, haydovchi yonidagi o‘rindiqda XVIII asrda yashab o‘tgan knyaz Xoji Dovudning portretini olib ketayotgan edi, radar esa knyazga kamar taqmagani uchun jarima belgilagan. 

Ma’lumot uchun, Imom Xoji Dovud taxminan 1680 yilda hozirgi kunda asosiy aholisi ozarbayjonliklar bo‘lgan Dedeli qishlog‘ida tug‘ilgan. 1710 – 1720 yillarda Kasbiy dengiz bo‘yida joylashgan Lezgiston hududini boshqargan. Shuningdek, u ko‘plab tillarni bilgan. Islom dinidan ko‘p ma’lumotga ega bo‘lgani uchun ulamo sifatida ham shuhrat qozongan. Hoji Dovud 1736 yilda vafot etgan.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

radar Dog'iston jarima knyaz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing