Yoqimli hidlar xotirani mustahkamlashi aniqlandi

Salomatlik

image

Ma’lum bo‘lishicha, inson xotirasini tushida boshqarish mumkin: tadqiqotchilar miyada xotiralarni saqlashga imkon beradigan usulni ishlab chiqdi.

Xabarlarga ko‘ra, Tel-Aviv universiteti mutaxassislari va ularning Veysman institutidagi hamkasblari tomonidan ishlab chiqilgan uslub uyqu paytida bosh miyada xotiralarni saqlashga imkon beradi.

Usulning o‘ziga xosligi shundaki, u miyaga ta’sir qiluvchi yoqimli hidlarga asoslangan. Tadqiqotchilar uyqu xotiraga qanday yordam berishini aniqladi. Ta’kidlanishicha, ushbu tadqiqot bosh miya jarohatini olgan yoki travmadan keyingi stress holatiga tushgan bemorlarga yordam beradi.

Haqiqat shundaki, tushda xotiraning konsolidatsiyasi (birlashuvi, mustahkamlanishi) yuz beradi. Ya’ni, ma’lumotni uzoq muddat saqlash uchun neyronlar xotiraga birlashadi. Bu jarayon qanday o‘tishi hamisha sir bo‘lib kelgan. Endi olimlar ushbu mexanizmni tushuntirishga muvaffaq bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

salomatlik

Baholaganlar

47

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing