“Forsaj-10” premera qilindi. U bir kunda qancha daromad ko‘rdi? 

Madaniyat-san’at

image

“Forsaj-10” filmi Xitoy va Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan premera kunidayoq 18,5 mln AQSH dollari yig‘di. Bu haqda “Kinobusiness” sayti xabar berdi.

Unda aytilishicha, Universal pictures kinostudiyasining to‘liq natijalari hali taqdim etilmagan, ammo hozircha Xitoy va Janubiy Koreyadan dastlabki ma’lumotlar yetib kelgan. Xitoyda blokbaster 16 maydagi namoyishlardan 2,73 mln AQSH dollari chorshanba kuni esa 14,71 mln AQSH dollari daromad olgan. Jami 17,44 mln AQSH dollarini tashkil qilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Forsaj-9” filmi ikki yil avval namoyish etilgan birinchi kunni o‘zidayoq 53 mln AQSH dollari, premera haftasining oxirida esa 136,5 mln AQSH dollari ishlab topgandi. Tomoshabinlarning sharhlariga ko‘ra, kinoning mazkur o‘ninchi qismini to‘qqizinchi qismi bilan taqqoslaganda sezilarli darajada yaxshiroq, ammo sakkizinchi qismdan biroz pastroq (loyiha Maoyan portalida 10 balldan 9 ball, 2021 yilda 8,1 va 2017 yilda 9,3 ball) deya baholanmoqda. Biroq bu holatda ham chorshanbadan yakshanbagacha besh kun ichida 70-80 million AQSH dollari ishab topishi mushkul.

“Forsaj-10” filmi hozirga qadar 1,01 mln AQSH dollari, Janubiy Koreyadagi taqdimotlarni hisobga olganda 1,05 mln AQSH dollari ishlab topdi. Filmning avvalgi qismi bayram kunlarida namoyish etilgan, shu sababli bu galgi yo‘qotish juda katta ko‘rsatkichlarda qayd etilgan. “Forsaj-10” 17% to‘lov va 37% sotilgan chiptalardagi yo‘qotish bilan o‘z o‘rnini “Forsaj-8”ga bo‘shatib berdi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

kino Forsaj Universal pictures

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing