Fors ko‘rfazi yetakchilari Qatarda yig‘ildi
Olam
−
05 dekabr 2023
3616Bugun, 5 dekabr kuni Dohada Fors ko‘rfazi hamkorlik kengashi (FKHK)ning ikki kunlik 44-sammiti boshlandi. Bu haqda Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
“Bugun men birodarlarimni – Kengashning 44-sammitida ishtirok etish uchun kelgan FKHK davlatlari rahbarlari va vakillarini tashrif bilan qutlayman. Ushbu sammit mintaqamiz va dunyo ko‘rfaz mamlakatlari uchun dolzarb paytda o‘tkazilmoqda. Davlatlarimizning ishtiroki mavjud muammolarni hal qilishga yordam beradi va ularning oqibatlarini yumshatishga xizmat qiladi, degan umiddaman”, deya qayd etgan Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy.
Sammitga Fors ko‘rfazi davlatlari rahbarlaridan tashqari Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ham taklif qilingan.
Ma’lumot uchun, Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi mintaqaviy yopiq xalqaro tashkilot bo‘lib, u 1981 yil 25 mayda tuzilgan, uning siyosati 1982 yilda ratifikatsiya qilingan Nizomda belgilangan. Tashkilotning asosiy maqsadi – barcha iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy ishlarda muvofiqlashtirish, hamkorlik va integratsiya. FKHKga Bahrayn, Qatar, Quvayt, BAA, Ummon va Saudiya Arabistoni kiradi.